Ko'rgazma yangiliklari

Scalex Forum ishbilarmonlik dasturi hamtashkilotchisi — LNC LogisticNetwork Consultants bilan tanishing!

🌍 LNC LogisticNetwork Consultants — logistika, mobillik va ta'minot zanjirini boshqarish sohasida 28 yillik tajribaga ega xalqaro konsalting kompaniyasi.

Bu yil LNC xalqaro Comtrux Tashkent va Bautrux Tashkent 2026 ko'rgazmalari doirasida bo'lib o'tadigan Scalex Forum hamkori va tashkilotchisi sifatida ishtirok etmoqda.

📊 LNC raqamlarda:
🔹 Biznes va davlat tashkilotlari uchun amalga oshirilgan 500 dan ortiq loyihalar
🔹 Dunyoning 40 ta mamlakatiga 170 dan ortiq ishbilarmonlik safarlari
🔹 28 yillik xalqaro tajriba

Kompaniya ekspertlar va biznes vakillarini birlashtiradi, xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi va logistikada innovatsion yechimlarni joriy etishga yordam beradi.

🚛 22-oktabr kuni Scalex Forum O‘zbekistonning raqobat ustunliklarini mustahkamlash maqsadida global ta'minot zanjirlari, avialogistika, tijorat transporti va Markaziy Osiyo logistikasini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish uchun soha ekspertlarini birlashtiradi.

📅 2026-yil 22-oktabr
📍 CAEx, Toshkent

Scalex Forum'ga qo'shiling va logistika kelajagi haqidagi professional muloqotning bir qismiga aylaning!
2026-10-16 09:29