Ko'rgazma yangiliklari

O'zbekiston Yuk tashuvchilar uyushmasi — Comtrux Tashkent 2026 hamkori!

O'zbekiston Yuk tashuvchilar uyushmasi — yuk tashish sohasi vakillarini birlashtiruvchi hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi mustaqil nodavlat notijorat tashkilotidir.

Uyushma faoliyati O‘zbekistonda zamonaviy, xavfsiz va raqobatbardosh transport tizimini rivojlantirish hamda sohani xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirishga qaratilgan.

Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
🔹 tashuvchi larning bilim va malakasini oshirish;
🔹 davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
🔹 transport sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
🔹 tashuvchilarga huquqiy va maslahat yordamini ko‘rsatish.

O‘zbekiston tashuvchilar uyushmasi bilan hamkorlik Comtrux Tashkent 2026 doirasida tashuvchilar, biznes vakillari va transport-logistika sohasi ishtirokchilari o‘rtasidagi professional muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi.

21-23 Oktabr
CAEx, Toshkent
2026-10-10 11:11