Uz Truck and Bus Motors — Comtrux Tashkent 2026 ishtirokchisi!
UZ TRUCK AND BUS MOTORS — Markaziy Osiyoda MAN va Sinotruk yuk hamda yo‘lovchi tashish texnikalarini ishlab chiqaruvchi yirik korxona. Korxona 2009-yilda tashkil etilgan.
Kompaniya transport, qurilish, sanoat va boshqa vazifalar uchun yuk ko‘tarish quvvati 5 tonnadan 70 tonnagacha bo‘lgan zamonaviy tijoriy texnikalarni ishlab chiqaradi.
Uz Truck and Bus Motors mahsulot turlariga quyidagilar kiradi:
🔹 MAN Lion’s city E -bus 12 m elektrobusi 🔹 Avtosamosvallar 🔹 Egarli tyagachlar 🔹 Maxsus texnikalar
Comtrux Tashkent ko‘rgazmasida Uz Truck and Bus Motors stendiga tashrif buyuring, MAN va Sinotruk tijoriy texnikalari bilan tanishing hamda kompaniya vakillari bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiling.