Ko'rgazma yangiliklari

Ko‘rgazma markazigacha bepul avtobuslar

Aziz do‘stlar!
Comtrux Tashkent 2026 tashrif buyuruvchilari uchun sizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri CAEx ko‘rgazmalar markaziga olib boruvchi BEPUL shattl-avtobuslarni tayyorlaganimizni ma'lum qilamiz!

Ko‘rgazma kunlari, 21-23 oktabr sanalarida avtobuslar Toshkent markazidagi ikkita lokatsiyadan jo‘naydi:

📍 1. "O‘zbekiston" mehmonxonasi → CAEx
Jo‘nash vaqti:
10:00 | 10:30 | 11:00 | 11:30 | 12:00


📍 2. Tashkent City Mall → CAEx
Jo‘nash vaqti:
10:00 | 10:30 | 11:00 | 11:30 | 12:00

Shuningdek, ko‘rgazma kuni yakunlangach, orqaga qaytuvchi bepul avtobuslar qatnaydi:
📍 CAEx → "O‘zbekiston" mehmonxonasi
🕐 17:00 | 17:30 | 18:00 | 18:30

Jadvalni saqlab qo‘ying va Comtrux Tashkent 2026 ko‘rgazmasiga qulaylik bilan tashrif buyuring!
2026-10-06 17:58