MyFreighter va Centrum Global Logistics — Comtrux Tashkent hamda Bautrux Tashkent ko‘rgazmalarining hamkorlari!
Centrum Holding tarkibiga kiruvchi mazkur kompaniyalar xususiy yuk aviatsiyasi va kompleks logistika infratuzilmasini birlashtirgan holda, xalqaro yuk tashuvlari hamda yuklarga to‘liq siklda xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.
MyFreighter — o‘z havo kemalari parkiga ega bo‘lgan yuk aviakompaniyasi bo‘lib, Yevropa, Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq yo‘nalishlarida muntazam hamda charter xalqaro qatnovlarni amalga oshiradi.
Centrum Global Logistics (CGL) — avia, dengiz, temiryo‘l va avtomobil transporti orqali tashuvlarni birlashtirgan xalqaro transport-logistika kompaniyasi.
🤝 “Comtrux Tashkent” va “Bautrux Tashkent” bilan hamkorlik logistika sohasidagi yetakchi ishtirokchilar tajribasini yagona professional maydonda jamlaydi.